O‘zbekiston | 11:40 / 20.12.2018
6452
4 daqiqa o‘qiladi

Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etiladi 

Foto: KUN.UZ

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyasini rivojlantirish vazirligi tomonidan ajratilgan mablag‘ asosida “Obod uy” axborot tizimi yaratilgan, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan “Yagona hisob-kitob markazi” Davlat unitar korxonalari va ularning shahar va tuman filiallariga ushbu tizimni boshqarishni tashkil etish yuklangan.

Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimiga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" tasdiqlanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi:

“Yagona hisob-kitob markazi” Davlat unitar korxonalari tomonidan xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari va professional boshqaruv tashkilotlariga hisob-kitob xizmatlarini ko‘rsatish uchun “Obod uy” elektron axborot tizimini joriy etish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda “Obod uy” elektron axborot tizimiga respublikaning barcha shahar va tumanlari hududdagi xar bir xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari va professional boshqaruv tashkilotlari kesimida barcha ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlarni ulash choralari ko‘riladi;

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan “Yagona hisob-kitob markazi” Davlat unitar korxonalari va ularning shahar va tuman filiallarining faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha majmuaviy chora-tadbirlarni ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda “Obod uy” elektron axborot tizimini ko‘chmas mulk bazasiga hamda Markaziy bank hisob-kitoblari Kliring tizimi bilan integratsiya qilinishini ta'minlash bo‘yicha choralar ko‘radi.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri xokimliklari, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda “Obod uy” elektron axborot tizimini, hamda kommunal sohani rivojlantirishga oid olib borayotgan davlat siyosatini, ko‘p xonadonli uylarni saqlash va ulardan foydalanish, shu bilan birga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov madaniyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ommaviy axborot vositalari orqali doimiy ravishda yoritib borish ta'minlanadi.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklanishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid