«Odamning saviyasini bilmoqçi bölsang, körgan filmlariga qara», – degandi Erik Kantona. Fransiyalik yulduz ham futbolçi, ham kinoaktyor. Futbol olamidagi odamlarga uning bu iqtibosi juda mos tuşadi. 

Safarda Ektor Kuperning köp jihatlarini örganişga, unga yaqin bölişga harakat qilyapman. Taktik qaraşlari-ku öz yöliga, lekin uning jamoa içida özini qanday tutişi, ruhiy yordamni qay yösin bermoqçiligi borasida köp öylangan edim. Oxiri topdim.

Keça terma jamoamiz futbolçilarini töplab, 2005 yili efir yuzini körgan, bizning «Sport» kanalimizda ham özbekça tarjimasi köp martalab aylangan «Murabbiy Karter» filmini qöyib berişdi. Murabbiylar ştabi meni ham taklif qilgandi, kirdim. Oldin körgan bölsam ham oxirigaça kuzatib ötirdim. Maqsadim – futbolçilarni va köproq Kuperni kuzatiş edi. Lekin film tomoşasi asnosida boşqa jihatga e'tibor qaratdim. Nega endi aynan şu film?

Filmning mazmunini qisqaça eslataman: Sobiq basketbolçi Karter Riçmond maktabiga murabbiy bölib işga kiradi. Basketbol jamoasi murabbiyning professionalligi va körsatmalari tufayli mavsumni mağlubiyatsiz yakunlaydi. Lekin Karter ikkinçi mavsumga jamoasini olib tuşmaydi, basketbol zalini yopib qöyadi. Sababi, sportçilar murabbiy bilan tuzilgan şartnomaga amal qilmay, maktabdagi öqişlariga bee'tibor qaray boşlaydilar va darslarga bormay qöyişadi. Murabbiy ikki tur ötsa ham zalni oçavermagaç, Riçmond ahli e'tiroz bildiradi. Karter hatto jurnalistlar bilan tortişişiga ham töğri keladi. Maktab öqituvçilari uni sudga topşirişadi. Sud esa, arz qiluvçilar foydasiga hukm çiqaradi – basketbol zali qulflari sindiriladi. Lekin murabbiyning antiqa qaroriyu qat'iy prinsiplaridan hayratlangan Riçmond öquvçilari zalga kitob va daftarlari bilan kirib kelib, öqişlarini töğrilaşga kirişadilar. Maktab işlari yölga solingaçgina basketbolga ötiladi.  

Filmning oxiri qiziq hammasidan – sport kinolarida bölgani kabi boş qahramonning jamoasi çempion bölmaydi, öyin oxirida allambalo mö'jizalar kuzatilmaydi, klub qiyin keçgan bahsda yengiladi. Ha, yengiladi. Lekin film tomoşabini beixtiyor bu mağlubiyatdan ranjimaydi. Çunki Karter kiyim almaştiriş xonasida mahzunlik libosida qolgan yigitlaridan mamnun ekanligini, muhimi ularning ruhiyatiga yengilmaslik tuyğusini jo eta olganini aytadi. Sportda çempion böliş muhim emas, hayotda ğolib böliş muhim, deydi. Sizlar avvalo özlaringni yenga oldinglar, endi sizlarni sport zallaridagi mağlubiyatlar ham sindira olmaydi, deb boşni yuqori kötarişga taklif etadi.

«Murabbiy Karter» bölgan voqea asosida işlangan film. Film mazmuni va ğoyasini öylab ötirib, Kuper nima uçun terma jamoamiz vakillariga şu filmni qöyib beryapti ekan, deb öyladim. Maktab bolalari emas, öqişlarini yaxşilasin desa. Noprofessionallar emas, muşkul ahvolda qolganda nima qilişni örgatay, desa. Menimça, ularga oddiy insoniylikni uqtirmoqçi böldi. Futboldan ham yuqoriroq tuyğular borligini tuşuntirmoqçi, inson öz-özini yengişi lozimligini eslatmoqçi böldi, xolos.