Qonunchilik palatasining axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi takomillashtiriladi

Foto: parliament.gov.uz
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun kompyuter texnikasi, server va kommunikatsiya uskunalari, shuningdek, dasturiy ta'minlash ro‘yxati tasdiqlandi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi bilan kelishgan holda, zarurat bo‘lganda, ushbu qaror bilan tasdiqlangan ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi bilan kelishgan holda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun eng yaxshi takliflarini tanlash asosida ko‘rsatilgan kompyuter texnikasi, server va kommunikatsiya uskunalarini, dasturiy ta'minlashni yetkazib berishga yetkazib beruvchilar va pudrat tashkilotlarini aniqlaydi;
tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq 2018 yil 25 dekabrgacha – kompyuter texnikasi, 2019 yil 1 fevralgacha – server va kommunikatsiya uskunalari, shuningdek, dasturiy ta'minlash – keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi apparatiga bepul berilgan holda belgilangan tartibda yetkazib berilishi va o‘rnatilishini tashkil etadi.
Quyidagilar:
kompyuter texnikasini xarid qilish va o‘rnatishga – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari;
server va kommunikatsiya uskunalarini, dasturiy ta'minlashni xarid qilish va o‘rnatishga – O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari moliyalashtirish manbalari etib belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun ushbu qarorga ilovada ko‘rsatilgan kompyuter texnikasi, server va kommunikatsiya uskunalari, dasturiy ta'minlash, shuningdek, unga O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va yetkazib beruvchilar va/yoki pudratchilar tomonidan olib kiriladigan ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar 2019 yil 1 avgustgacha bo‘lgan muddatda bojxona to‘lovlaridan ozod qilindi (bojxona yig‘imlari bundan mustasno).
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – moliya vaziri J.A.Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M.Sodiqov zimmasiga yuklandi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
Mavzuga oid

15:35 / 11.05.2025
Parlamentda ko‘pchilik bloki tuzildi. Endi muxolifat ham paydo bo‘ladimi?

11:10 / 30.04.2025
Parlamentda g‘oyalar to‘qnashuvi: Navbatdagi yalpi majlis qanday o‘tdi?

18:00 / 23.04.2025
Taklifi inobatga olinmagan liberallar, normani qat’iy himoya qilgan tashabbuskorlar – Qonunchilik palatasi yalpi majlisi qanday o‘tdi?

18:13 / 22.04.2025