O‘zbekiston | 01:41 / 20.12.2018
5846
3 daqiqa o‘qiladi

YuNeSKO ro‘yxatidagi alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda qurilish ishlari olib borish tartibi o‘rnatildi

Foto: turizm.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Qarorga ko‘ra, shunday tartib o‘rnatilmoqdaki, unga muvofiq:

  • YuNeSKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga tarixiy-madaniy qiymatiga ko‘ra kiritilgan respublikadagi hududlar alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar hisoblanadi hamda ularda rejalashtirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining loyihalari Departament hamda YuNeSKOning Umumjahon merosi markazi bilan majburiy tartibda kelishilgan holda amalga oshiriladi;
  • moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari milliy ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
  • moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlaridan foydalanish tartibini belgilash, tashrif buyuruvchilar uchun sharoit yaratish bilan bog‘liq masalalar majburiy tartibda turizm sohasida vakolatli davlat organi bilan kelishiladi;
  • davlat ko‘chmas mulki hisoblangan moddiy madaniy meros obektlarini operativ boshqaruv huquqi asosida yoki tekin foydalanish huquqi asosida biriktirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarori asosida amalga oshiriladi;
  • arxeologiya qazishmalari tabiiy yemirilish, boshqa harakat va holatlar xavfi ostidagi hamda ustuvor ilmiy qimmatga ega arxeologiya yodgorliklarida amalga oshiriladi va ularning ro‘yxati Departament tomonidan e'lon qilib boriladi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari ro‘yxati har yili Departament tomonidan uning hududiy boshqarmalari taklifiga asosan shakllantiriladi;
  • moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirishga ixtisoslashgan tashkilotlarning ro‘yxati shakllantiriladi hamda ushbu ro‘yxatdan tanlov asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan asrashga doir ishlarni amalga oshiruvchi tashkilotlar aniqlanadi;
  • faol fuqarolar ixtiyoriylik va tanlov asosida mahalla fuqarolar yig‘inlari kengashining qarori bilan moddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish bo‘yicha jamoatchi inspektor etib tasdiqlanadi, ularning qonun hujjatlari buzilishiga oid murojaatlari Departament yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan majburiy tartibda davlat nazorati shaklida tekshiriladi, bunda ma'muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat aniqlansa, jamoatchi inspektorlar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid