Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kitob geoparki YuNeSKO ro‘yxatiga kirishi mumkin
Toshkentda O‘zbekiston va YuNeSKO vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan onlayn uchrashuvda Kitob geoparkini YuNeSKOning Global geoparklar tarmog‘iga kiritish masalasi muhokama qilindi.
Foto: kitabgeopark.uz
Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Kitob geologiya qo‘riqxonasi hamda YuNeSKO huzuridagi vakolatxona vakillari ishtirok etdi. YuNeSKO tomonidan esa tegishli bo‘lim rahbarlari va mutaxassislar qatnashdi.
Muzokaralar davomida Kitob geoparkini xalqaro tarmoqqa kiritish bo‘yicha olib borilayotgan tayyorgarlik ishlarining hozirgi holati ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mazkur maqomga erishilgan taqdirda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
Ta’kidlanishicha, geoparkning asosiy vazifalari sifatida barqaror turizmni rivojlantirish, hududning tabiiy va tarixiy merosini targ‘ib qilish hamda uning xalqaro nufuzini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston vakillariga ko‘ra, Kitob geoparkini YuNeSKOning Global geoparklar tarmog‘iga kiritish orqali hududning sayyohlik salohiyatini kengaytirish, infratuzilmani rivojlantirish va uni muhim ilmiy hamda tabiiy obekt sifatida tanitish maqsad qilingan.
Mavzuga oid
21:15 / 11.12.2025
Sumalak tayyorlash YuNeSKO nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi
13:00 / 11.12.2025
Qoraqalpoq o‘tovi YuNeSKO nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi
17:45 / 10.12.2025
Saida Mirziyoyeva qo‘biz va o‘tovning YuNeSKO madaniy meros ro‘yxatiga kiritilganini olqishladi
11:20 / 10.12.2025