Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Qirg‘izistonning yangi elchisini qabul qildi
2018 yilning 20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Ibragim Junusovni qabul qildi.
TIV xabariga ko‘ra, ishonch yorliqlari nusxasini topshirishga bag‘ishlangan qisqa marosimdan so‘ng O‘zbekiston – Qirg‘iziston kun tartibining muhim masalalari bo‘yicha suhbat bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning ko‘p qirraliligi va jadal rivojlanayotganligi, bunda markaziy o‘rinni oliy darajadagi muntazam uchrashuvlar egallayotgani mamnuniyat bilan e'tirof etildi.
Ta'kidlanganidek, bir-birining manfaatlarini hurmat qilish va o‘zaro foydaga asoslanuvchi savdo-iqtisodiy, investitsion va mintaqalararo aloqalar davlatlararo muloqotda muhim o‘rin tutadi.
18 dekabr kuni O‘sh shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekistonning chegaradosh viloyatlari rahbarlari bilan Qirg‘iziston Hukumatining chegaradosh viloyatlardagi muxtor vakillari kengashi ikkinchi yig‘ilishining muvaffaqiyatli yakunlari hamda erishilgan aniq kelishuvlar tomonlarda hamkorlikni kengaytirish uchun sezilarli salohiyat mavjudligidan guvohlik beradi.
TIVdagi uchrashuvda ba'zi xalqaro va mintaqaviy masalalar bo‘yicha ham fikr almashildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
16:34 / 01.07.2026
Qirg‘iziston 650 kg kolbasa mahsulotlarini O‘zbekistonga qaytarib yubordi
20:14 / 29.06.2026