Jahon | 20:20 / 21.12.2018
5293
1 daqiqa o‘qiladi

Belgiyada hukumat iste'foga chiqdi

Foto: SS0 Public Domain

Belgiyada taxminan yarim yildan keyin parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda mamlakat qiroli Filipp farmoyish bergan.

Qirol “hukumatning iste'fosiga rozi bo‘lib”, 21 dekabrda bosh vazir Sharl Mishelning hukumatini tarqatib yuborgan. 

Yangi saylovlar 2019 yil mayiga belgilangan.

Sharl Mishel BMTning migratsiya haqidagi paktini imzolagandan keyin Belgiyada siyosiy inqiroz yuzaga kelgan. Bir qator vazirlar Mishelning paktni imzolaganidan norozi bo‘lib, iste'foga ketgan. Keyinroq bosh vazirning o‘zi ham iste'foga chiqishini  e'lon qilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid