Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Islohotlarga daxldorlik hissini shakllantirishda ma'naviyatning o‘rni” mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugun, 21 dekabr kuni Respublika “Ma'naviyat va ma'rifat” markazi, “O‘zbekkino” milliy agentligi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti madaniyat saroyida “Fuqarolarning islohotlarga daxldorlik hissini shakllantirishda ma'naviyatning o‘rni” mavzuida tadbir o‘tkazildi. Unda tarix fanlari doktori, professor Abduxalil Mavrulov, Respublika “Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari birinchi o‘rinbosari Muhammadjon Quronov, “O‘zbekkino”Milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, kinorejissyor Hilol Nasimov va institut talaba yoshlari ishtirok etishdi.
Tadbirda bilimli ma'naviyatli avlod taraqqiyot kafolati, ma'naviy sohadagi islohotlar va ularning yoshlar tafakkuriga ta'siri va bugungi o‘zbek kinosidagi islohotlar talqini hamda zamon qahramoni masalalari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Xususan, “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga ko‘ra, “Vatan” kinostudiyasi tomonidan Zulfiya Yunusova hamda Iqbol Mirzo ssenariysi asosida Hilol Nasimov rejissyorligida suratga olingan “Hayot” badiiy filmi va uning ma'naviy ruhiyatga boyligi shuningdek, har qanday tomoshabinning e'tiborini tortishi e'tirof etildi.
Tadbir jarayonida institutning iqtidorli talaba yoshlariga kitob va esdalik sovg‘alar berildi va talabalar uchun “Hayot” badiiy filmi namoyish etildi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Chiroyli emas – xavfsiz bo‘lsin: quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak qanday tanlanadi?
Jamiyat | 17:05
-
Tomda mehmonxona qurish mumkinmi?
O‘zbekiston | 16:09
-
O‘zbekiston bo‘ylab o‘rnatilgan radarlar ro‘yxati ochiqlandi
O‘zbekiston | 15:49
-
Aholiga tegishli avtomashinalar soni ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 15:33
Mavzuga oid

00:23 / 25.12.2018
Ma'naviyatning “formati“ o‘zgardi, natija qanday?

23:13 / 07.03.2017
Xiyobonda quchoqlashgan u aybdormi, yonidan jim ketgan bizmi?

20:47 / 25.01.2017
Shaxs kamoloti va kitobxonlik madaniyati

10:53 / 29.11.2016