24 dekabr kuni Milliy matbuot markazida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining yil yakunlariga bağişlangan matbuot anjuman, “Ma'naviyat –eng ta'sirçan va qudratli qurolimiz: ma'naviy-ma'rifiy soha keça va bugun“ nomli tadbirda markaz rahbari Alişer Qodirov 2018 yil davomida amalga oşirilgan işlar va 2019 yil uçun közlanayotgan rejalar yuzasidan hisobot berdi.

Yakunlanayotgan yilning yirik loyihalaridan biri sifatida “Ma'naviy-ma'rifiy muhit xaritasi“ e'tirof etildi. Unga köra, har bir xonadon bilan yakka tartibda sörovnomalar ötkazilib, ularning muammolari örganildi. Şu orqali har bir mahallaning, tuman yoki viloyatning muammosi nimada ekanligi haqida konkret manzara hosil böladi va qayerda qaysi masala yuzasidan iş olib boriş kerakligi namoyon böladi.

“Oçiğini aytiş kerak, biz şu paytgaça nimani qaçon va qayerda gapiriş kerakligini bilmaganmiz. Suitsid körsatkiçlari yuqori bölgan hududlarda korrupsiyaga qarşi kuraş haqida bong urdik va yoki aksinça. Qarabsizki, taşxis xato qöyilgan, davo ham şunga yaraşa“, deydi markaz rahbari Alişer Qodirov.

2017 yil 28 iyuldagi “Ma'naviy-ma'rifiy işlar samaradorligini oşiriş va sohani rivojlantirişni yangi bosqiçga kötariş töğrisidagi“ Prezident Qaroriga muvofiq mazkur markaz tubdan qayta taşkil etilgan edi.

Şundan söng jamoatçilik diqqati qaratilgan markazning faoliyatida burilişlar bölişi kutildi. 

Ilgari faqat nomi aholiga taniş bölgan markaz faoliyatida jonlaniş kuzatildi: viloyatlarda xalqaro va respublika anjumanlari ötkazildi, faol ma'naviyatçilar moddiy jihatdan rağbatlantirildi, oilalarga kitob ulaşiş aksiyalari taşkil etildi.

Şuningdek, markaz rahbari 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oşiriş va ularning mamlakatda amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol iştirokini ta'minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorga köra OTMda ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça prorektor lavozimi örniga yoşlar bilan işlaş böyiça prorektor lavozimi joriy etilganligiga öz munosabatini şunday bildirdi:

“Biz qöliga pasport tutqazayotgan yoşlarning ma'naviy immuniteti butun ekanligiga işonç hosil qilişimiz kerak. 18 yoşgaça ma'naviyat tuşunçasini singdirsak, uddaladik, bölmasa, buyoğiga keç. Universitet talabasi şakllanib bölgan şaxs. Ularga tarğibot qiliş mumkin, lekin mafkurasini özgartira olmaysiz”, - deydi u.

Anjumanda markaz 2019 yil uçun bir qator amaliy işlarni, jumladan, respublikadagi tarixiy obidalarning 3D formatda vizuallaştirilgan fotogalereyasini yaratiş, ta'lim muassasalarida har oyda bir alloma (bir yilda 12ta) hayotini çuqur örganişga qaratilgan tadbirlar ötkaziş rejalaştirilgani ta'kidlandi.