Kelinni kimdir qiz örnida, kimdir kelin örnida, yana kimdir esa ayol örnida körişini bilasizmi?
Gap öz zurriyodining ayoliga suqlanib qaraydigan ma'naviy tuban qaynotalar haqida ketmoqda. Şunday insonlar ham bormi, deya yoqa uşlayotgan bölsangiz kerak? Afsuski, jamiyatimiz bunday insonlardan xoli emas...
Jamiyatimizda şunday insonlar borki, ularni yer qanday kötarib yuribdi ekan, deb öylab qolasan kişi. Bunday razil insonlarning soni oz bölsa-da, jamiyatning qusurlaridan hisoblanadi.
Nima uçun oilalardan baraka kötarilib ketmoqda, nima uçun duolar qabul bölmayapti? Çunki oilaning har bir a'zosi öz vazifasi va burçini unutib qöygan. Ota oilaning ustuni böladi. Uning sözi söz, qarori qaror bölişi kerak. Hozirda esa köpçilik erkaklar oilani qanday qilib mustahkamlaş haqida boş qotirmasdan, rözğordagi mayda-çuydalarga aralaşib, hatto kelinni qozonigaça aralaşadigan bölib qolişgan. Oilaning tizgini esa qaynonalar qölida. Birovning bolasiga kelinim yo qizim deb emas, çöri sifatida qaraş, xaddan taşqari öğlini ayaş yoki qizğaniş kabi illatlar ba'zi onalarimizga xos bölib qolmoqda.
Yigit ham uylanganidan keyin, kelinga Yaratganning menga bergan omonati deb emas, xonadoniga dastyor deb qaraydi. Ba'zi kelinlar esa qaynböyinlar bilan masofani qattiq uşlaş kerakligini unutib qöyişadi. Ayniqsa, qaynota bilan.
Turkmanistonning “Kelin” degan filmi bölar edi. Unda yangi tuşgan kelin qaynböyinlar bilan faqat kiçik bolalar orqali gaplaşadi. Bu odat hozirda ham Xorazmning ba'zi tumanlarida saqlanib qolgan. Aynan mana şu joylarda oilaviy ajrimlarning soni kam.
Ilgari qaynota hovlida yursa, kelinlar taşqariga çiqişga istihola qilişgan. Hozirda esa kelin bilan qaynböyinlar orasidagi masofaga qöşilib hayo pardasi ham kötarilgandek.
Kelin tuğruqxonada yotsa, qaynonaga qöşilib qaynotalar ham tuğruqxonaga boradigan bölişgan. Bu ham mayli, kelin yotgan joyga, tuğruq zaliga qaynotalarning, otalarning kirib borişi umuman mantiqqa töğri kelmaydi.
Bir xonadondagi manzarani aytib berişdi. Qöşni çiqib qarasa, hovlidagi sörida kelin bir tomonda, qaynota ikkinçi tomonda yonboşlaganlariça televizor tomoşa qilişayotgan ekan. Kelinning qaynota huzurida yonboşlab yotişi odobsizlik va behayolikdir. Qaynotaning indamasligi esa uning farosatsizligidir.
Uqba ibn Omir roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Ayollar oldiga kirişdan saqlaning!” dedilar. Şunda ansoriy bir kişi: “Qayni haqida nima deysiz?” deb söradi. Unga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Qayni ölimdir”, deb javob qildilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim va Imom Termiziy rivoyati).












