Jahon | 17:45 / 21.12.2018
11773
2 daqiqa o‘qiladi

YouTube Navalniyning Putin matbuot anjumanidan translyatsiyasini blokladi. «Birinchi kanal» buni xato deb atadi

Foto: TASS/Sergey Fadeichev

Aleksey Navalniyning xabar berishicha, YouTube «Navalniy LIVE» kanalining Vladimir Putin matbuot anjumanidan translyatsiyasini «Birinchi kanal» shikoyati tufayli bloklab qo‘ygan. Translyatsiyaning bu qismi YouTube’da joylashtirildi.

Navalniy so‘zlariga ko‘ra, bloklashga kadrda kanal boshlovchisi Mariya Kimning ko‘rinishi sabab bo‘lgan. Siyosatchining bildirishicha, uning ovozi va yuzi «Birinchi kanal»ga tegishli, qoidabuzarlik esa ular Navalniy kanalida paydo bo‘lganiga aloqador.

«O‘ylaymanki, YouTube hammasini blokdan chiqaradi, sababi biz translyatsiyaga huquqni rasman sotib olgandik. Biroq, ularning izohli translyatsiya sabab qanchalik asabiylashayotgani va hammasini taqiqlab qo‘yish bo‘yicha yangi uslublari odamni kuldiradi», - dedi siyosatchi Aleksey Navalniy.

«Birinchi kanal»ning TJ’ga bildirishicha, YouTube’da mualliflik huquqiga rioya etilishiga mas'ul bo‘lgan pudratchi elektron farqlash bo‘yicha «Katta o‘yin» dasturining qaroqchi nusxalarini «tozalash» bilan shug‘ullangan. Telekanal vakilining ta'kidlashicha, bu holat tufayli nafaqat Navalniy, balki boshqa kanallar ham, jumladan, «Rupor Moskvi», «Dojd», «Komsomolskaya pravda», Life, Sputnik, Rossiya 24, Moskva 24, RIA «Novosti», TASS hamda barcha tillardagi RT jabr ko‘rdi. Biroq, ularning hech biri bloklash haqida shikoyat qilmagan.

«Birinchi kanal»dan qayd etishlaricha, bloklash Moskva vaqti bilan ertalab soat 9da bo‘lgan, u soat 11da to‘g‘rilandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid