Barselona aeroporti yangi nom oldi
Barselonadagi El-Prat aeroporti yangi nom oldi – endilikda u Jozep Tarradelyas nomidagi aeroport deb ataladi. Bunday qaror Barselonada 21 dekabrda o‘tgan Ispaniya hukumati yig‘ilishida qabul qilindi.
Jozep Tarradelyas 1954 yildan 1977 yilgacha Kataloniya jyeneraliteti hamda 1980 yilgacha muvaqqat jyeneralitet rahbari bo‘lgan.
Aeroport shu kungacha u joylashgan munitsipalitet – El-Prat-de-Lobregat nomi bilan El-Prat deb atalib kelgan.
“Hukumat Barselona aeroporti demokratiya davridagi jyeneralitetning birinchi raisi nomi bilan atalishi uchun uni qayta nomlashga qaror qildi”, deb aytgan Ispaniya hukumati rasmiy vakili, ta'lim vaziri Isabel Selaa.
Selaaning aytishicha, aeroportning qayta nomlanishi haqida Tarradelyas yaqinlari, Kataloniya jyeneralitetiga xabar berilgan. Avvalroq jyeneralitet vakillari aeroportning qayta nomlanishi ular bilan kelishilmagani, biroq “bunga qarshi emasliklari” ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
13:34 / 11.11.2024
«Barsa» o‘yinida mojaroli qaror, Shomurodov yana murabbiysiz qoldi. Kun o‘yinlari
12:28 / 07.11.2024
«Villa» o‘yinida ahmoqona penalti, «Barsa» istagancha gol urmoqda. Kun o‘yinlari
12:26 / 04.11.2024
«Barsa»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, «MYu» o‘ziga kelmoqda. Kun o‘yinlari
16:28 / 01.11.2024