Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar pirotexnika vositalarini bolasi orqali olib kirmoqchi bo‘lgan ayolni to‘xtatib qolishdi
Foto: Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi
Yangi yil arafasida dunyo bo‘ylab pirotexnika vositalaridan foydalanish ko‘lamining ortishi hech kimga sir emas. Ammo, bayramga yarashmaydigan lahzalik qo‘shtirnoq ichidagi zavq ortidan tashvishli va hattoki qayg‘uli holatlar sodir bo‘lishi hech kimga sir emas.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari pirotexnika vositalarining noqonuniy olib kirilishiga doir bir qator bojxona qoidabuzarliklarini fosh etishdi.
Jumladan, postga piyoda holda kirib kelgan fuqaro U.F. pirotexnika vositalarini olib o‘tishda, yosh bolasidan foydalanishga uringani fosh bo‘ldi. Bojxona xodimlarini chalg‘itish maqsadida ushbu ayol 360 dona pirotexnika vositalarini bolasining egnidagi kurtkasiga yashirgan ekan.
Yana bir fuqaro S.O.ning ham qo‘l yuklari orasida, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma'lum qilinmagan 120 dona pirotexnika vositalarini respublikaga olib kirishga bo‘lgan urinishi amalga oshmadi.
Shuningdek, fuqaro S.Sh. esa qo‘l yuklari orasiga yashirilgan 3 turdagi 12 dona pirotexnika vositalarining qayerdan paydo bo‘lib qolganini go‘yoki bilmasligini vaj qilgan.
Mazkur chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan B.A. ismli fuqaroning xatti-harakatlari bojxona xodimlarining e'tiborini tortib, xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, egnidagi kurtkasi ichiga 10 dona pirotexnika vositalari yashirilganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida respublika bojxonachilari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 83 ta bojxona qoidabuzarliklari natijasida qiymati salkam 416,8 mln so‘mlik 92 ming dona pirotexnika vositalarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi.
Mavzuga oid
19:43 / 13.01.2026
Xavflilik darajasi yengil bo‘lgan pirotexnika buyumlariga ruxsat beriladi
17:53 / 01.01.2026
Farg‘onada qo‘lbola salyut otganlar javobgarlikka tortildi
12:29 / 28.12.2025
Toshkentda 24 yoshli yigit pirotexnika portlashi tufayli og‘ir jarohat oldi
19:34 / 20.12.2025