Jahon | 20:32 / 22.12.2018
8347
1 daqiqa o‘qiladi

Kurdlar AQShdan Suriya bo‘yicha qarorini qayta ko‘rib chiqishni so‘rashdi

Foto: Reuters

Iroq Kurdistonidagi eng yirik partiyalardan biri bo‘lgan Kurdiston vatanparvarlik ittifoqi AQShning Suriyadan qo‘shinlarini olib chiqib ketish qarorini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. Bu haqdagi bayonot partiya rasmiy saytida e'lon qilindi.

"Umid qilamizki, xalqaro koalitsiya, birinchi navbatda AQSh mazkur qarorni qayta ko‘rib chiqadi va terrorizmga qarshi kurashni hamda Suriyadagi siyosiy barqarorlikni ta'minlashni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi", deyiladi bayonotda. Qayd etilishicha, Amerika askarlarining olib chiqib ketilishi IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashni yo‘qqa chiqaradi.

19 dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyadan Amerika qo‘shinlari olib chiqib ketilishini ma'lum qilgandi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid