Jahon | 00:01 / 22.12.2018
31026
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonliklarga Qozog‘istonga bormay turish tavsiya qilindi 

Foto: kz.utro.news

Qozog‘istonga 40 darajalik sovuq havo sabab borish xavfli bo‘lishi mumkin. Bundan Qirg‘izistonning Qozog‘istondagi elchixonasi ogohlantirdi.      

Diplomatlar qirg‘izistonliklarga Qozog‘iston hududi bo‘ylab avtomobil transportida yurmaslikni tavsiya qilishmoqda. Qozog‘istonning bir necha viloyatlarida 21-22 dekabr kunlariga bo‘ron bo‘lishi haqida ogohlantirish e'lon qilingan. Ob-havo mutaxassislarining ta'kidlashicha, harorat 40 darajagacha sovib ketadi. Ostonada 22 dekabrga o‘tar kechasi 30-32 daraja sovuq tushishi kutilmoqda. Maktablarda mashg‘ulotlar qoldirilgan. 

Mavzuga oid