Jamiyat | 10:58 / 22.12.2018
30112
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadan qaytayotgan O‘zbekiston fuqarolari mushtlashuv uyushtirishdi. Bir kishi kasalxonaga yotqizildi

Illyustrativ foto

2018 yilning 17 dekabr kuni Buxoro viloyatining Qahramon mahallasida yashovchi B.R. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

U shu yil 5 dekabr kuni birga yashovchi akasi R.B. Rossiya Federatsiyasidan N.X. boshqaruvidagi “Lada-Largus” rusumli avtomashinasida yo‘lovchi sifatida uyiga qaytayotgan vaqtida avtomashina haydovchisi va uning yana bir yo‘lovchisi, Navoiy viloyati Navbahor tumanida yashovchi S.N. Qozog‘iston Respublikasi hududiga yetib kelganlarida o‘zaro janjal sabab R.B.ning bosh hamda tanasining turli joylariga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazganliklarini ma'lum qilgan.

Natijada B.R. kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida N.X. va S.N. qo‘lga olinganlar. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid