Samarqand viloyatida necha nafar mahalla raisi jinoyat sodir etgani aytildi
2018 yil 22 dekabr kuni Hududlarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish Respublika komissiyasi hamda xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyatda joriy yilning o‘n bir oyida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish natijalari muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, viloyatdagi 1087ta mahallaning 838tasida yoki 77,1 foizida huquqbuzarliklar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilib, ularning deyarli har to‘rtinchisida jinoyatlar soni oshgan.
Bunga hududlardagi kriminogen vaziyat va jinoyatlar dinamikasi to‘liq tahlil qilinmaganligi, yetarli malaka, ish staji va tajribaga ega bo‘lmagan profilaktika inspektorlarining tayinlanishi hamda kuch va vositalarning to‘g‘ri taqsimlanmaganligi omil bo‘layotgani qayd etildi.
Hisobot davrida Samarqand viloyatidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining 7 nafar xodimi (5 nafar mahalla raisi, 2 nafar mas'ul kotib) tomonidan jinoyatlar sodir etilgani afsus bilan qayd etildi.
Yig‘ilishda urg‘u berilgan yana bir masala voyaga yetmaganlar tomonidan huquqbuzarlik holatlarining sodir etilayotgani bo‘ldi. Qayd etilganidek, bunday jinoyatlar soni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on, Past Darg‘om, Paxtachi, Narpay tumanlarida ortgan. O‘smirlar jinoyatchiligining asosiy sabablari qatorida ular orasidagi profilaktika ishlarining talab darajasida yo‘lga qo‘yilmaganligi qayd etildi.
Tadbir yakunida Hududlarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish bo‘yicha Respublika komissiyasi hamda xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining qo‘shma qarori qabul qilindi.
Yig‘ilishda Respublika komissiyasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi N.Yo‘ldoshev ishtirok etdi.
Mavzuga oid
17:25 / 11.11.2024
Qozog‘istonda xotinkush Bishimbayev koloniyadan qochib ketgani rad etildi
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024