Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vafot etgan amerikalik talabaning oilasi KXDRdan 1 mlrd dollardan ortiqroq pul talab qilmoqda
KXDRda qamalganidan so‘ng vafot etgan AQShlik talabaning oilasi Pxenyandan 1 mlrd dollardan ortiqroq pul talab qilishmoqda.
Ularning fikricha, KXDR hukumati Vombiyerni noqonuniy ravishda tutib turgan va qiynoqqa solgani uchun u vafot etgan. Ular shu yilning aprelida AQSh sudiga Pxenyanga qarshi da'vo arizasi kiritishgandi. Keyinroq da'vogarlar hujjatga o‘zgartirish kiritishdi va Shimoliy Koreyadan 1,05 milliard dollar talab qilishdi. Bundan tashqari, chekkan qayg‘u-alamlari uchun qo‘shimcha 46 million dollar talab qilishmoqda.
Shimoliy Koreya hukumati Otto Vombiyerni 2016 yilda KXDRdan targ‘ibot plakatini olib chiqib ketishga uringani uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum qilgandi. Talaba bir yildan so‘ng behush holatda vataniga qaytarilgan va 2017 yil iyunda kasalxonada hushiga kelmay vafot etgandi.
Mavzuga oid
19:51 / 30.06.2026
“Farhod” avtoehtiyot qismlar bozoridagi jinoiy guruh a’zolariga hukm o‘qildi
11:56 / 30.06.2026
Doniyor Turg‘unov ustidan sud boshlandi: avtomobilni olib qochish moddasi ayblovdan chiqarilgan
18:40 / 23.06.2026
Falajlikda o‘tgan 4 yil yoxud Islomov rahbarligi davrida sud tizimi
09:00 / 16.06.2026