O‘zbekiston | 19:38 / 24.12.2018
9671
1 daqiqa o‘qiladi

25 dekabr kuni Toshkent kichik halqa yo‘lining ayrim qismi vaqtincha yopiladi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ertaga, 25 dekabr kuni soat 9:00 da Toshkent kichik halqa yo‘lida «Vatanparvarlik» marafoniga start beriladi. Marafon munosabati bilan Toshkent kichik halqa yo‘lining ayrim qismi vaqtincha yopiladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, 12 kilometr masofani tashkil etadigan marafon «Amilov» (Crafers) qandolat fabrikasidan boshlanadi. Finish chizig‘i Toshkent Janubiy vokzali oldida.

“Mazkur marafon «Vatanparvarlik oyligi» doirasida Mudofaa vazirligi tomonidan o‘tkazilmoqda. Unda barcha yoshdagi fuqarolar ishtirok etishi mumkin. G‘oliblar Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan medallar, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Yuzaga keladigan noqulaylik uchun oldindan uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid