Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Bosh assambleyasi Tojikiston tomonidan taqdim etilgan «suv» rezolyutsiyasi loyihasini qabul qildi
20 dekabr kuni, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi 73-sessiya davomida, «Barqaror taraqqiyot uchun suv», 2018-2028 yillar, Xalqaro o‘n yillik harakatlarni o‘tkazish davomini o‘rta muddatli, keng qamrovli ko‘rinishi» nomli rezolyutsiya loyihasini qabul qildi. U Tojikiston tomonidan, BMTga a'zo 190 davlat bilan hammualliflikda taqdim etilgan, deb xabar bermoqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi axborot departamenti.
Ushbu rezolyutsiyada barqaror rivojlanish va qashshoqlik hamda ocharchilikni bartaraf etishda suv resurslarining muhim ahamiyatiga alohida urg‘u berilgan.
Shuningdek, rezolyutsiyada ta'kidlanishicha, iqlim o‘zgarishi butun dunyo bo‘ylab suv tanqisligi muammosining chuqurlashishiga hissa qo‘shuvchi omildir. Bunda suv resurslari bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun iqlim o‘zgarishiga moslashish strategiyasini ishlab chiqish darkor.
Rezolyutsiyaning qaror chiqaruvchi qismida 2023 yil 22-24 mart kunlari Nyu-Yorkda BMT konferensiyasini o‘tkazishga qaror qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston BMT rezolyutsiyalaridan birining hammuallifiga aylangandi.
Mavzuga oid
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026