Duşanba kuni BMT Boş assambleyasi Rossiya Federatsiyasining natsizmni uluğlaşga qarşi, BA Uçinçi qömitasi tomonidan ma'qullangan rezolyutsiya loyihasini körib çiqdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Rezolyutsiyani qabul qiliş uçun 129 davlat ovoz berdi, 54 davlat betaraf qoldi. Faqat Ukraina va AQŞ qarşi çiqdi.
Loyiha mualliflariga Jazoir, Angola, Armaniston, Bangladeş, Belarus, Benin, Boliviya, Burkina-Faso, Burundi, Venesuela, Vetnam, Gayana, Gvineya, Zimbabve, Qozoğiston, Xitoy, Kongo, Şimoliy Koreya, Kot-d'Ivuar, Kuba, Laos, Mali, Myanma, Niger, Nigeriya, Nikaragua, Pokiston, Rossiya, Suriya, Sudan, Tojikiston, Togo, Uganda, Özbekiston, Markaziy Afrika Respublikasi, Eritreya, Efiopiya, JAR va Janubiy Sudan aylandi.
Rezolyutsiya, xususan, irqiy kamsitişning barça şakllariga barham beriş töğrisidagi Xalqaro konvensiyani ratifikatsiya qiliş va samarali amalga oşirişga çaqiradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Ukrainaning Qrim böyiça rezolyutsiyasiga qarşi ovoz bergani xabar qilingandi.












