Poroshenko BMTning Qrim bo‘yicha rezolyutsiyalarida Rossiya uchun “aniq signal”ni ko‘rganini aytdi
BMT Bosh assambleyasi tomonidan Qrim bo‘yicha qabul qilingan rezolyutsiyalar Rossiya uchun “aniq signal” bo‘lib xizmat qiladi. Bunday fikrni Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko aytib o‘tdi.
Poroshenko Facebook’dagi sahifasida oxirgi oy davomida Bosh assambleya ikkita muhim hujjatni qabul qilganini ta'kidlab o‘tgan.
“Rezolyutsiyalar Rossiyaga aniq signal beradi: xalqaro hamjamiyat inson huquqlari buzilishi va bosib olingan yarimorolning qurollantirilishiga ko‘nmaydi”, deb yozgan Poroshenko.
Ta'kidlanishicha, Ukraina prezidenti Rossiyani “Qrimni qaytarishga” va Kerch bo‘g‘ozidagi voqeadan keyin hibsga olingan dengizchilarni ozod qilishga chaqirgan.
22 dekabrda Ukraina tomonidan taklif qilingan, Qrimda inson huquqlari buzilishi bo‘yicha rezolyutsiya qabul qilindi.
18 dekabrda esa Bosh assambleya Ukrainaning Qrim yarimoroli va Azov hamda Qora dengizlar hududlarining qurollantirilishi muammosi haqidagi rezolyutsiyani qabul qilgandi. Hujjatda Qrimda rossiyalik harbiylarning bo‘lishi Ukrainaning milliy suvereniteti, hududiy yaxlitligi va siyosiy mustaqilligiga zid kelishi aytilgan.
Mavzuga oid
09:22
Ukrainalik faollar yana Navalnayaning nutqini to‘xtatishga urindi
07:56
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
21:13 / 12.11.2024
Sudjaliklar yana bir bor o‘z yaqinlari evakuatsiyasi uchun gumanitar yo‘lak so‘radi
20:43 / 12.11.2024