Jamiyat | 09:06 / 24.12.2018
13364
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida yuziga niqob kiyib olgan maktab o‘quvchisi bosqinchilik qildi va ayol kishini pichoqladi

Illyustrativ foto

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida 22 dekabr kuni Darxon MFYda yashovchi, o‘rta maktabning yuqori sinf o‘quvchisi S.A. yuziga niqob kiygan holda pichoq bilan qurollanib, fuqaro N.A. (ayol)ning uyiga bostirib kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, o‘quvchi ayolning kurak qismiga pichoq urib, jarohat yetkazib, 294.000 so‘m puli va hisobida puli bo‘lmagan bank plastik kartochkasini olib voqea joyidan yashiringan. 

Natijada N.A. kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida S.A. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid