Jamiyat | 09:26 / 24.12.2018
13130
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda qashqadaryolik shaxs fuqaroni 150 ming dollarga «uxlatdi»

Illyustrativ foto

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 2018 yil 7 noyabr kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil iyun oyida Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashovchi Z.B. Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan “Korzinka” supermarketi oldida tanishi, Qorasuv 1-dahada yashovchi M.M.ga Qashqadaryo viloyatidan go‘sht mahsulotlarini olib kelib, Toshkent shahrida birgalikda sotishini aytgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxs aldov yo‘li bilan undan 150 000 AQSh dollarini olib ketgan va va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida Z.B. qo‘lga olingan. 

Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid