Bugun, 24 dekabr kuni «Taraqqiyot strategiyasi» Markazida 2018 yilga möljallangan Davlat dasturining Boş prokuratura mas'ul hisoblangan bandlarini ijro etilişi natijalariga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi.
Xususan tadbir davomida soha faoliyatidagi şaffoflik, aybsizlik prezumptsiyasiga amal qiliş kabi masalalar böyiça fikrlar bildirildi.

Tadbirda iştirok etgan Kun.uz muxbirining “quyi poğonadagi xodimlar, maktab direktorlari, boğça mudiralari, şifokorlar va hatto farroşlar pora bilan qölga tuşsalar, bunday holat darhol televideniyeda e'lon qilinadi, pora oliş jarayonlari batafsil körsatiladi, aybdor öz aybini böyniga olib, keçirim söraşga ham ulguradi. Ammo yuqori martabali rahbarlarga aloqador işlarda Boş prokuratura juda qisqa axborot bilan çeklanadi. Nega aybsizlik prezumptsiyasi va qonunlar ikki toifaga ikki xil qöllaniladi? Axir har ikki toifadagilar ham Özbekiston Respublikasi fuqarolari-ku?”, degan savoliga Boş prokuraturaning jamoatçilik bilan aloqalar bölimi rahbari Surayyo Rahmonova quyidagiça javob berdi:
– Aybsizlik prezumptsiyasi va qonunlar ikki xil qöllaniladi, degan fikringizga qöşilmayman. Televideniye orqali namoyiş etilgan lavhalar bir neça tuzilmalarning hamkorlikda uyuştirgan operatsiyalari böyiça tezkor tasvirlar böladi va unda ham öşa odamlar aybdor emas, gumonlanuvçi sifatida körsatiladi. Yuqori martabali şaxslar böyiça ham mumkin bölgan barça ma'lumotlarni saytimizda navbati bilan oşkor qilib boryapmiz. Masalan, Turobjon Jörayev işi böyiça önlab ma'lumotlar berdik va hozirda bu iş sudga oşirilgan. Muidjon Tohiriy işi böyiça ham uning hibsga olinganini tasdiqlaymiz va oçiqlanişi mumkin bölgan ma'lumotlarni navbati bilan oşkor qilib boramiz.
Boş prokuror örinbosari Erkin Yöldoşev mavzu yuzasidan qöşimça qilarkan şunday dedi:
– Albatta, OAVga qaynoq xabarlar kerak. Ammo töğri tuşunişimiz lozim, biz oşkor qilişimiz mumkin bölgan va mumkin bölmagan ma'lumotlar bor. Xususan, yuqori martabali şaxslarning ayrimlari bilan boğliq davlat sirlari ham bölişi mumkin. Lekin biz mumkin bölgan barça jarayonlarni xalqimizga yoritib borişdan manfaatdormiz.
Samarqand viloyati sobiq hokimi işi böyiça tergov yakunlandi. Iş sudga oşirilgan








