Özbekiston Davlat bojxona qömitasining sobiq raisi Muidjon Tohiriy hibsga olingan. Bu ma'lumotni Boş prokuratura matbuot xizmati Kun.uz muxbiriga tasdiqladi.

«Muidjon Tohiriy qölga olindi. Hozir tergov olib borilmoqda. Tergov siri nuqtai nazaridan boşqa ma'lumot berilişi maqsadga muvofiq emas», deya ma'lumot bergan Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova.

Öz vaqtida Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimovning qöriqlaş xizmatiga rahbarlik qilgan Muidjon Tohiriy 2016 yilning dekabrida Zohid Dusanov örniga Davlat bojxona qömitasiga rahbar etib tayinlangandi. U 2018 yilning fevralida qömita raisligini ham tark etgandi.

Muidjon Tohiriy turli yillarda Özbekiston huquqni muhofaza qiliş idoralarida mas'ul lavozimlarda işlagan. 2010 yil sentyabrdan 2011 yil iyungaça Özbekiston prezidentining davlat maslahatçisi bölgan, 2013 yilda Prezident xavfsizligi xizmatini ham boşqargan.

Uning qölga olinişi qaysi davrdagi faoliyati bilan boğliqligi ma'lum emas.