Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQSh elchixonalari tomonidan maxfiy eshitish uskunalari sotib olinishi borasida izoh talab qilmoqda
Xitoy AQSh elchixonalari tomonidan eshitish uskunalari sotib olinishi haqida WikiLeaks fosh qilgan ma'lumotlardan hayratda va Vashingtondan bu borada izoh talab qilmoqda. Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Xua Chunin ma'lum qildi.
"Ishonchim komil, bu ma'lumot bilan tanishgan ko‘pchilikda bir savol paydo bo‘lgan: Amerika elchixonalariga maxfiy kuzatuv uchun buncha uskuna sotib olish nimaga kerak? Ular buni qanday maqsadlar uchun tayyorlashgan? E'lon qilingan ma'lumotlarga ko‘ra, AQSh global miqyosda maxfiy kuzatuv bilan shug‘ullanmoqda, jumladan o‘z ittifoqchilariga nisbatan ham... Vashington bu borada xalqaro jamoatchilikka aniq tushuntirish berishi kerak deb o‘ylayman", dedi u.
Juma kuni WikiLeaks tashkiloti AQShning butun dunyodagi elchixonalari qanday xaridlarni amalga oshirgani haqidagi ma'lumotlarni chop etdi.
Hujjatlarga ko‘ra, ayrim xaridlar maxfiy operatsiyalar o‘tkazish uchun amalga oshirilgan: 2018 yil avgustda AQShning Salvadordagi elchixonasi sharikli ruchka, galstuk, soat va boshqa maishiy buyumlarga joylashtirilgan 94ta yashirin kameraga buyurtma bergan. Amerikaning Kolumbiyadagi elchixonasi tomonidan ham ana shunday buyurtma berilgan.
Mavzuga oid
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
20:57 / 02.07.2026