Jahon | 13:59 / 24.12.2018
31028
1 daqiqa o‘qiladi

Xorijliklar Rossiyadan rekord miqdordagi mablag‘larni olib chiqib ketishdi

Foto: Oleg Xarseyev / Kommersant'

2018 yil davomida xorijlik investorlar Rossiya fondlaridan bir milliard dollar olib chiqib ketishgan. Bu haqda Bank of America Merrill Lynch ma'lumotlariga tayanib «Kommersant'» xabar qilmoqda.

Keyingi uch hafta ichida 330 million dollar mablag‘ olib chiqib ketilgan. 

Yanvarda Rossiya fondlariga 0,5 milliard dollardan ortiqroq mablag‘ qo‘yilgan. Bahorda 700 million dollar olib chiqib ketilgan. Kuzga kelib mablag‘lar olib chiqib ketilishi yana boshlangan va davom etmoqda.

Xorijliklarning mablag‘larni olib chiqib ketishlariga sanksiyalar bilan bog‘liq murakkab geosiyosiy vaziyat hamda neft narxining tushib ketishi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid