Jamiyat | 16:32 / 24.12.2018
7300
1 daqiqa o‘qiladi

Yashnoboddagi uyda yirik yong‘in. Bir kishining jasadi topildi

Illyustrativ foto

Shu yilning 23 dekabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi A.X.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga qaraganda, ko‘rilgan choralar natijasida o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida uyning 50 kv.m maydonda ichki qismi va shift qismi yonib zarar ko‘rgan hamda u shu yerda bo‘lgan S.Q.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. 

Yong‘in kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid