Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oltinko‘lda bayramoldi oziq-ovqat yarmarkalari ish boshladi
Andijon viloyatining Oltinko‘l tumani markazi va qishloq guzarlarida aholiga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini nisbatan arzon narxlarda yetkazib berish maqsadida tuman markazida an'anaviy qishloq xo‘jalik mahsulotlari yarmarkasi ish boshladi.
Yarmarka 10 dekabr kuni ish boshlagan bo‘lib, 2019 yilning 3 yanvarigacha faoliyat yuritadi. Unda 30 turdan ortiq qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari arzon narxlarda sotilishi belgilangan.



Mahsulotlar uzluksizligini ta'minlash uchun korxona, agrofirma va fermer xo‘jaliklari biriktirildi. Xaridorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida joylarda turg‘un savdo rastalari ham joriy etildi.


Markazdagi maydonga o‘rnatilgan archa atrofida tuman badiiy havaskorlari, xalq ta'limi bo‘limi tasarrufidagi maktab o‘quvchilari tomonidan turli chiqishlar namoyish etilmoqda.
Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
00:58 / 24.10.2025
Andijonda haydovchi uxlab qolishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi
07:33 / 22.08.2025
Andijonning ikki tumani «Tashabbusli budjet» 2-mavsumidan chetlatildi
16:26 / 13.02.2025
Andijonda ayol eri tomonidan pichoqlab o‘ldirildi
09:58 / 02.11.2024