Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarosi Qirg‘izistondan deportatsiya qilish to‘g‘risidagi qarordan keyin o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘ldi
Foto: Fotolia
O‘zbekiston fuqarosi sudyaning deportatsiya qilish to‘g‘risidagi qarorini eshitganda, o‘z joniga qasd qilishga urindi. Bu haqda Ca-news xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarosi Alisher Asatullayev Qirg‘iziston hududidan ma'muriy chiqarib yuborish to‘g‘risidagi sud qarorini eshitib, zaharli modda bilan to‘ldirilgan idishchani chiqargan, uni ochishga va yutib yuborishga harakat qilgan. Biroq, sud majlisida ishtirok etgan militsiya xodimlari erkakning qo‘lidan zaharni olib qo‘yishdi.
Sudda ma'lum qilinishicha, Alisher Asatullayev Qirg‘izistonda ko‘p yillar davomida hujjatsiz istiqomat qilgan. Natijada, uni deportatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Erkak kishining ta'kidlashicha, farzandlarini bir o‘zi tarbiyalaydi hamda ularni O‘zbekistonga olib borish imkoniga ega emas. Asatullayevning aytishicha, o‘zi bolalar uyida katta bo‘lgan va bolalari ham o‘z taqdirini takrorlashini xohlamaydi. U ko‘p marotaba piketlar uyushtirib, o‘z muammosiga rasmiylar e'tiborini tortishga uringan.
Xabarda qayd etilishicha, erkak mahalliy deputat Olga Arxipova bilan ikki yil davomida kvartira tufayli sudlashmoqda. Deputat uni deportatsiya qilish to‘g‘risidagi qarorga aloqador bo‘lishi mumkinligi aytiladi.
Mavzuga oid
21:14 / 04.02.2026
AQSh uzoq vaqt davomida Markaziy Osiyoga yetarlicha e’tibor bermadi – Gor
20:49 / 02.02.2026
Yevroparlamentda Yevropa Ittifoqining Qirg‘izistonga nisbatan siyosati tanqid qilindi
13:10 / 02.02.2026
YeI Qirg‘izistonga qarshi sanksiyalar rejasini muhokama qilmoqda
09:03 / 31.01.2026