Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon AQSh va Turkiya harbiy muzokaralari haqida e'lon qildi
Foto: REUTERS
Pentagon vakili Xezer Babbning ma'lum qilishicha, shu hafta davomida AQSh va Turkiya yuqori lavozimli harbiylari uchrashuv o‘tkazadi, unda Suriyadagi vaziyat hamda xavfsizlik masalalari muhokama qilinadi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Babbning qayd etishicha, muzokaralar Turkiyada o‘tkaziladi.
«Qo‘shma Shtatlar va Turkiya turk xavfsizligi, Suriya shimoli-sharqidagi vaziyatga aloqador bo‘lgan barcha masalalarni faol ravishda muvofiqlashtirmoqda», - dedi Babb.
Vakil muzokaralar tafsilotlarini oshkor qilmagan. Uning qo‘shimcha qilishicha, «muhokamalar tafsilotlariga oydinlik kiritmaydi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erdo‘g‘an Trampga taklif bilan chiqqani xabar berilgandi.
Reuters’ning Oq uy bayonotiga tayangan holda xabar tarqatishicha, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh prezidenti Donald Trampni 2019 yilda Turkiyaga tashrif buyurishga taklif qilgan.
Mavzuga oid
11:44 / 02.05.2026
Tramp Kongressni Eron bilan urush to‘xtagani haqida xabardor qildi
23:32 / 01.05.2026
Qirol va qirolmas uchrashuvi. Charlz III Oq uyda oriycha master-klass ko‘rsatdi
22:06 / 01.05.2026
AQSh O‘zbekistonga 26 migrantni deportatsiya qildi
21:58 / 01.05.2026