Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq solinadigan foydani aniqlashda chegirilmaydigan xarajatlar belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Soliq va byudjyet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 147-moddasi (Chegirilmaydigan xarajatlar) quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«147-modda. Chegirilmaydigan xarajatlar
Soliq solinadigan foydani aniqlashda chegirilmaydigan xarajatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) moddiy qimmatliklarning tabiiy kamayishi normalaridagi ortiqcha yo‘qotishlar va buzilishlar;
2) umumiy ovqatlanish korxonalariga yoki boshqa chet tashkilotlarga joylarni bepul berish xarajatlari, ushbu korxonalar va tashkilotlar uchun kommunal xizmatlar ko‘rsatish qiymatini to‘lash;
3) soliq to‘lovchining ushbu Kodeksning 177-moddasida (Moddiy naf tarzidagi daromadlar) nazarda tutilgan, jismoniy shaxsning moddiy naf tarzidagi daromadlari hisoblanadigan xarajatlari;
4) dala ta'minoti, xizmat maqsadida xodimning shaxsiy avtotransportdan foydalanganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha to‘langan to‘lovlar;
5) pensiyalarga qo‘shimcha va ustamalar;
6) xodimlarga to‘lanadigan moddiy yordam, bundan ushbu Kodeksning 143 (Mehnatga haq to‘lash xarajatlari) va 145-moddalarida (Boshqa xarajatlar) nazarda tutilgan moddiy yordam mustasno;
7) badallar, homiylik va xayriya yordami tarzidagi mablag‘lar;
8) qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiq holda atrof muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari;
9) kredit shartnomasida muddatli qarzlar uchun nazarda tutilgan stavkalardan ortiqcha bo‘lgan, to‘lov muddati o‘tgan hamda uzaytirilgan kreditlar (zayomlar) bo‘yicha foizlar;
10) loyihalardagi va qurilish-montaj ishlaridagi kamchiliklarni, shuningdek obekt yonidagi omborgacha tashib keltirilishi chog‘ida yuz bergan buzilishlar va deformatsiyalarni bartaraf etish bo‘yicha xarajatlar, korroziyaga qarshi muhofazadagi nuqsonlar tufayli taftish o‘tkazish (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) xarajatlari, mazkur xarajatlarni kamchiliklar, buzilishlar yoki zararlar uchun javobgar bo‘lgan mahsulot yetkazib beruvchi yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar hisobidan o‘rnini qoplash mumkin bo‘lmagan miqdordagi boshqa shunga o‘xshash xarajatlar;
11) aybdorlari aniqlanmagan o‘g‘irliklar va kamomadlardan yoki zarur summalarning o‘rnini aybdor taraf hisobidan qoplash mumkin bo‘lmaganda ko‘rilgan zararlar;
12) soliq to‘lovchining asosiy vositalari chiqib ketishidan (balansdan chiqarilishidan) ko‘rilgan (buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan) zararlar, bundan ushbu Kodeks
145-moddasi 40-bandining «ye» va «j» kichik bandlarida ko‘rsatilgan zararlar mustasno;
13) xo‘jalik shartnomalari shartlarini va qonun hujjatlarini buzganlik uchun to‘langan yoki tan olingan jarimalar, penya hamda boshqa turdagi sanksiyalar;
14) O‘zbekiston Respublikasi norezidenti va boshqa shaxslar uchun to‘langan soliqlar;
15) tekshiruvlar natijalariga ko‘ra qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar;
16) soliq to‘lovchining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq bo‘lmagan tadbirlar (sog‘liqni saqlash, sport va madaniyat tadbirlari, dam olishni tashkil etish va hokazo) uchun xarajatlar;
17) kasaba uyushmasi qo‘mitalariga yordam ko‘rsatish;
18) mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni (xizmatlarni) bajarish uchun xarajatlar (shaharlar va shaharchalarni obodonlashtirish ishlari, qishloq xo‘jaligiga yordam ko‘rsatish va boshqa turdagi ishlar)».
Mavzuga oid
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
08:53 / 22.04.2026
MChJ faoliyatiga oid yangi tahrirdagi qonun kuchga kiradi
09:19 / 08.04.2026
Qo‘riqlash departamenti vakolatlari kengaymoqda
19:12 / 05.04.2026