Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 85 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 59 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2018 yil 25 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining “2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturi”ning Toshkent viloyatidagi ijrosi muhokamasiga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent viloyati prokuraturasi organlariga 2018 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan 38 ming 469 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 27 ming 283 tasi hal qilingan. Ulardan 2 ming 728 tasi qanoatlantirilgan hamda 2 ming 394 nafar shaxsning huquqlari tiklangan.
Viloyat prokuraturasi tomonidan 2018 yil davomida 85 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan 59 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularning barchasi sudlarga oshirilgan. Mazkur jinoyat ishlarining tergov qilish jarayonida davlat va jamiyat manfaatlariga yetkazilgan 16,4 mlrd. so‘m miqdorida zarar undirilishi ta'minlangan.
Mavzuga oid
09:05 / 12.06.2026
120 ming dollarlik qalbaki pulni sotishga uringanlar qo‘lga olindi
10:30 / 10.06.2026
Toshkent – vodiy yo‘lining bir qismida maksimal tezlik pasaytirildi
09:00 / 10.06.2026
Zangiotada yirik kumush savdosiga chek qo‘yildi
11:50 / 08.06.2026