Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda biznes-aviatsiya aeroportining birinchi bosqichini qurish 140 mln dollarga tushadi
Toshkentda biznes-aviatsiya uchun aeroport qurilishining birinchi bosqichi 140 million dollarga tushadi. Bu haqda prezidentning «O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida aytiladi.
Ma'lum bo‘lishicha, bu «Toshkent-Sharqiy» aerodromi bazasidagi fuqarolik va biznes aviatsiyasining zamonaviy aeroport majmui bo‘ladi. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan umumiy mablag‘ning 65 million AQSh dollari ajratiladi. 2019 yilda 50 mln dollarni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda, bundan 20 mln dollari jamg‘arma mablag‘i, boshqa 30 mln - banklar kreditlari bo‘ladi.
Birinchi bosqich doirasida o‘tkazish imkoniyati soatiga 250 kishi bo‘lgan yo‘lovchi terminalini qurish rejalashtirilgan, uchish-qo‘nish yo‘lagi ta'mirlanadi va parvozlar radiotexnik ta'minoti hamda aerodrom faoliyati uchun kerakli xizmatlar tashkil etiladi.
Ikkinchi bosqich doirasida qo‘shimcha binolar va inshootlar, jumladan, mehmonxona qurish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yunusobod va Sergeli metro liniyasini qurish qanchaga baholangani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
21:49
Toshkent markazidagi qonli avtohalokatda ikkala mashinani ham bolalar boshqargani ma’lum bo‘ldi
18:20
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37