O‘zbekiston | 16:11 / 25.12.2018
37991
2 daqiqa o‘qiladi

Yunusobod va Sergeli metro liniyasini qurish qanchaga baholandi?

Foto: KUN.UZ

Toshkent metrosining Yunusobod liniyasi qurilishi 103,8 mln AQSh dollariga baholandi. Bu haqda prezidentning «O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida aytiladi.

Ushbu pullardan 2019 yilda 14,5 million dollarni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda, liniyaning o‘zi esa 2019 yil dekabrida ishga tushirilishi mumkin. Umumiy uzunlik 2,9 km.ni tashkil etadi. Natijada 130 ta ish o‘rni yaratiladi.

Sergeli metro liniyasining qurilishi 91,6 million dollarga baholandi. Uni 2020 yilda ishga tushirish rejalashtirilgan. Umumiy uzunligi - 6,9 km. 2019 yilda ushbu mablag‘dan 3,2 mln dollarni o‘zlashtirish mo‘ljallangan.

Yer usti metro liniyasini qurish 422,3 mln dollarga baholandi. Uni 2021 yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Umumiy uzunligi 52,1 km.ni tashkil qiladi. 2019 yilda umumiy summadan 60 mln dollar o‘zlashtiriladi. Avvaliga loyihaga 320,1 mln dollarni yo‘naltirish rejalashtirilgandi, ammo may oyida bu raqam o‘zgartirildi.

Bundan tashqari, 2018-2020 yillarda metro uchun 30 mln dollarlik beshta yangi sostav sotib olinadi (2019 yilda 20 mln dollar sarflanadi).

Mavzuga oid