Eron xavfsizlik kengashi kotibi toliblar bilan muzokara o‘tkazilganini ma'lum qildi
Eron oliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Shamxoniy Qobulga tashrifi vaqtida «Tolibon» harakati vakillari bilan muzokara o‘tkazilganini ma'lum qildi.
U bu haqda Afg‘oniston prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Hamdulla Muhib boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvda xabar qildi. https://tass.ru/mezhdunarodnaya-panorama/5954301
«Biz Afg‘oniston hukumatini xabardor qilgan holda «Tolibon» harakati bilan qator maslahatlashuv va muzokaralar o‘tkazdik. Bu amaliyot kelgusida ham davom etadi», deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Tasnim agentligi.
U mazkur muzokaralar Afg‘onistonda xavfsizlik muammosini hal qilishga yordam berish maqsadida o‘tkazilganini bildirgan.
17-18 dekabr kunlari Abu-Dabida toliblar va AQSh vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan, unda Saudiya Arabistoni va Pokiston delegatsiyalari ham qatnashgandi.
9 noyabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan maslahatlashuvlarda esa Rossiya, Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, AQSh, Tojikiston va O‘zbekiston vakillari qatnashgandi. Bunday miqyosdagi xalqaro uchrashuvda ilk bor «Tolibon» harakati siyosiy ofisi delegatsiyasi ham ishtirok etgandi.
Mavzuga oid
14:15 / 06.11.2024
Eron: Agar Isroil sulhga rozi bo‘lsa, Tehronning javobi o‘zgarishi mumkin
19:40 / 05.11.2024
Eron ikkita sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi
08:50 / 05.11.2024
WSJ: Eron armiya ishtirokida Isroilga «kuchli» hujum tayyorlamoqda
21:37 / 31.10.2024