Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda mamlakatdagi eng katta ko‘prik ochildi. Unga qiruvchi samolyotlar qo‘na olishi mumkin
Hindistonda mamlakatdagi eng uzun temir yo‘l va avtomobil ko‘prigi ochildi. Bu haqda Times of India nashri xabar berdi.
Braxmaputra daryosi orqali o‘tuvchi va uzunligi 4,94 km bo‘lgan ko‘prik Bogibil deb nomlandi. U mamlakatning sobiq bosh vaziri, joriy avgustda hayotdan ko‘z yumgan Atal Bixari Vajpayning tug‘ilgan kunida ochildi. Ushbu ko‘prikni qurish ishlari 2002 yilda aynan u rahbarlik qilgan vaqtda boshlangan.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Assam shtatida joylashgan ushbu obektning tantanali ochilishida ishtirok etdi.
Mahalliy OAVning ta'kidlashicha, obektni qurish bo‘yicha qaror Hindistonning Xitoy bilan chegaradagi mudofaa qobiliyatini oshirishga qaratilgan sa'y-harakatlar doirasida qabul qilingan. Ko‘prik Hindistonga o‘z harbiylarini daryoning narigi qirg‘og‘iga tezroq tashlashga imkon beradi.
Bundan tashqari, ko‘prik shunday loyihalanganki, unga zarurat holatida qiruvchi samolyotlar qo‘na olishi mumkin.
Mavzuga oid
11:04 / 30.06.2026
O‘zbekistonda yashayotganiga 1 yildan oshgan har to‘rt nafar xorijlikdan biri – hindistonlik
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026