«Majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida»gi qonun loyihasi hukumatga qachon taqdim etilishi ma'lum bo‘ldi
O‘zbekistonda “Majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”gi qonun loyihasi 2019 yil iyun oyida Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi. Bu haqda 2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturida aytilgan.
Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 7 dekabrdagi PF–5590-son farmoni bilan tasdiqlangan 2019–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturining 4-bandida nazarda tutilgan.
Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:
majburiy tibbiy sug‘urtani tatbiq etishning mexanizmlari va bosqichlarining huquqiy asoslarini belgilash;
majburiy tibbiy sug‘urta sub'yektlarini, ularning huquq va majburiyatlarini va sohada huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi vakolatli organni belgilash;
majburiy tibbiy sug‘urta dasturlarini moliyalashtirish manbalari shakllantirish.
Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas'ul ijrochilar - Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi, Adliya vazirligi. Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2019 yil iyul.
Mavzuga oid
22:57 / 04.09.2024
Tibbiy sug‘urta doirasida tibbiy xizmat ko‘rsatish va dori berish davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi
18:23 / 26.08.2024
Qiynoq oqibatidagi o‘lim holatlari uchun javobgarlik kuchaytiriladi
18:56 / 04.07.2024
Vazir: “Yil oxirigacha elektron retsept tizimini yo‘lga qo‘yamiz”
11:49 / 20.06.2024