MDHning qishki sayohatlar uchun eng yaxshi shaharlari ma'lum bo‘ldi. Toshkent 6-o‘rinda
Ostona va Toshkent qishki sayohatlar uchun eng yaxshi shaharlar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Minsk, Boku va Ostona bu qish mavsumida sayohat qilish uchun jozibadorlik nuqtai nazaridan MDH shaharlari reytingida dastlabki uch o‘rinni egalladi. Reyting «TurStat» tahlil agentligi tomonidan tayyorlandi va chorshanba kuni uning saytida e'lon qilindi.
«Minsk, Boku va Ostona 2019 yil qish mavsumida MDH shaharlariga sayohatni amalga oshirish reytingida yetakchilik qilmoqda», - deyiladi xabarda. Belarusdagi Logoysk va Silichi, Ozarboyjondagi Shohdog‘ va Tufandog‘, Qozog‘istondagi Chimbuloq tog‘-chang‘i kurortlari orasida eng mashhurlariga aylandi.
Agentlikning ta'kidlashicha, turistlar MDH shaharlariga o‘rtacha uch kundan yetti kungacha kelishadi. Arzon narxlardagi sayohatlar uchun odatda O‘zbekistonni (Toshkent bu mavsumda oltinchi o‘rinda) yoki Moldovani (Kishinyov sakkizinchi o‘rinni egalladi) tanlaydilar. Dam olish kunlari va shoping uchun turlar ko‘proq Boku hamda Ostonaga olinadi.
Mavzuga oid
14:42 / 11.11.2024
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
14:04 / 08.11.2024
MDH davlatlari 2030 yilgacha harbiy hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqadi
16:41 / 03.11.2024
O‘zbekiston rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilot tuzish to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shildi
14:50 / 31.10.2024