Jahon | 15:53 / 26.12.2018
13105
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada o‘zbekistonlik erkak politsiyachilarga jarohat yetkazgani uchun qo‘lga olindi

Foto: RIA Novosti/Yevgeniy Odinokov

Rossiya poytaxti markazida erkak kishini qo‘lga olish chog‘ida Moskva politsiyasining ikki nafar xodimi jarohat oldi. TASS’ning huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbaga asosan xabar berishicha, hodisa 25 dekabrga o‘tar tunda Zemlyanoy Val ko‘chasida yuz bergan.

Agentlik suhbatdoshi so‘zlariga ko‘ra, erkak kishi o‘zini tajovuzkor tutib, o‘tkinchilarga tashlangan. Bundan tashqari, u politsiyachilarning ogohlantiruviga e'tibor bermagan.

Qo‘lga olingan shaxs politsiyachilardan birining yuziga qo‘li bilan zarba bergan, boshqasining esa panjasini jarohatladi.

Qo‘lga olingan shaxs O‘zbekistonda 1980 yilda tug‘ilgani ma'lum bo‘ldi, u politsiya bo‘limiga olib ketildi. Ushbu holat yuzasidan hokimiyat vakiliga nisbatan zo‘ravonlik qilish bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid