Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik tarixda ilk marotaba Antarktidani yakka holda kesib o‘tdi
Foto: Instagram/@colinobrady
Amerikalik ekstremal sportchi Antarktida bo‘ylab tarixda birinchi marotaba bir o‘zi sayohatni amalga oshirdi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Portlendlik 33 yoshli Kolin O'Bredi 3 noyabr kuni xavfli ekspeditsiyani boshladi. 26 dekabr, chorshanba kuni amerikalik hech kimning yordamisiz qutb qit'ani 54 kun ichida kesib o‘tdi. Do‘stlari, oilasi va muxlislari internet orqali sayohatchining 1,5 ming kilometr uzunlikdagi yo‘lini kuzatib borishdi. «Men buni qildim!» - dedi O'Bredi oilasi bilan telefon orqali suhbat davomida.
«So‘nggi 32 soat hayotimdagi eng qiyini bo‘lganiga qaramasdan, ular, rostini aytganda, menga eng yaxshi daqiqalarni olib keldi», - deya yozgan sayohatchi Instagram’da. Uning xabar berishicha, deyarli bir kun ichida so‘nggi 129 kilometrni to‘xtatmasdan bosib o‘tgan.
Shu bilan birga, poygada O'Bredining do‘sti - Britaniya armiyasining 49 yoshli kapitani Lyuis Radd ishtirok etdi. Ilgari boshqa ekstremallar ham Antarktidani kesib o‘tishgan, ammo ularga barcha zarur yordam ko‘rsatilgandi.
Mavzuga oid
21:32 / 06.01.2026
«Qiyomat kuni» muzligining harakati tezlashgani qayd etildi
07:51 / 25.09.2025
Antarktida muzlari ostida avval noma’lum bo‘lgan 85 ta «faol» ko‘l topildi
20:10 / 23.03.2025
Olimlar Antarktidadan ajralib chiqqan aysberg ostida faol ekotizim mavjudligini aniqladi
10:12 / 18.03.2025