Özbekistonda autist bolalarga e'tibor qay darajada?
|23:26 / 10.01.201926 10012 min
Foto: avitsenna.uzFoto: avitsenna.uz
Çetdan kuzatsangiz, ba'zi bolalarning xatti-harakatlarida, gap-sözida ğayritabiiylik seziladi. Ularning taşqi körinişi benuqson, faqat gap-sözlarida noaniqlik, yuz ifodasida atrofga befarqlik bor. Dunyoni öziga xos «puşti közoynak» orqali köradigan bunday bolalar autizm sindromiga çalingan hisoblanadi.
Albert Eynşteyn, Mikelanjyelo, Isaak Nyuton, Motsart kabi daholarga ham xuddi şu taşxis qöyilgan. Şunga qaramay, ular nafaqat normal hayot keçirişdi, balki aqli va iste'dodi bilan şuhrat ham topdi. Demak, autizm jamiyatdan çetlatiş uçun asos ham, nogironlik ham emas, faqatgina davolanişni töğri yölga qöyiş kerak xolos.
Autizm sindromiga çalingan odamlar soni yil sayin oşib bormoqda, taxminan har 1000 boladan biri autist bölib dunyoga keladi. Bu yönalişda Özbekiston statistikasi yaxşi yuritilmasa-da, jamiyatda autist bolalar uçraydi.
Autizm haqida
Autizm xastalik emas, uni sindrom yoki öziga xos ruhiy holat deb yuritiş töğriroq bölardi, deb hisoblaydi şifokor-psixonevrolog Nozim Sanaqulov.
Mutaxassisning sözlariga köra, sindromning ilk belgilari 2-3 yoşda namoyon böla boşlaydi. Asab tizimidagi buzilişlar tufayli bola taşqi ta'sirlarga, atrofidagi voqealarga mutlaqo befarq yoki aksinça öta ta'sirçan böladi. Çaqirganda e'tibor qaratmaydi, bir nuqtaga tikilib qoladi, nigohi doimo tarqoq bölişi ham mumkin. Bir xil harakatni heç bir sababsiz takrorlaş holatlari ham uçraydi.
«Autizm nima sababdan vujudga kelişi noma'lum. Asosan irsiy moyillik bunga turtki bölişi mumkin. Uni davolaşda dori vositalari, fizioterapiya muolajalaridan miya faoliyatini yaxşilaş uçun qöşimça sifatida foydalaniladi, lekin asosan bolani ijtimoiylaştirişga, köproq muloqotga jalb qilişga e'tibor qaratilişi kerak», – deydi u.
Soğliqni saqlaş vazirligi Onalik va bolalikni muhofaza qiliş boşqarmasi boş mutaxassisi Nilufar Mansurovaning sözlariga köra, hududlardagi köptarmoqli markaziy poliklinikalarda logoped-psixonevrolog mutaxassislari bölib, ular autizm taşxisi qöyilgan bolalar bilan muayyan tarzda şuğullanadi.
Şuningdek, «Soğliqni saqlaş tizimini tubdan takomillaştiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar töğrisida»gi PF-5590-sonli farmon ijrosini ta'minlaş böyiça vazirlikning çora-tadbirlar rejasiga surunkali kasalliklari va nogironligi mavjud bölgan bolalar uçun hududiy reabilitatsiya markazlarini taşkil etiş orqali bolalarni soğlomlaştiriş va reabilitatsiya qilişni kengaytiriş masalasi kiritilgan.
Mavzuga oid
Ayni paytda esa autizmni davolaş böyiça real harakatlar Respublika bolalar ijtimoiy moslaşuv markazi (RBIMM) va xususiy markazlar tomonidan amalga oşirilişi nazarda tutiladi.
Asosiy mas'uliyat markaz zimmasida
Respublika bolalar ijtimoiy moslaşuv markazi hozirgi kunda autist bolalarga bepul xizmat körsatayotgan asosiy davlat muassasasi hisoblanadi. 2004 yilda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan taşkil qilingan bu markazda surunkali kasalliklar, nogironlik, psixofiziologik rivojlanişning buzilişi mavjud bölgan bolalarga yordam körsatiladi. Uning qamrovi juda keng bölib, autizm uning bir tarmoği, xolos. U yerda massaj, basseyn, davolovçi gimnastika maşğulotlari, logoped, psixolog, defektolog yordami yölga qöyilgan. Davolanuvçilar umumiy tibbiy körikdan ham ötişlari mumkin.
Boş binosi poytaxtda joylaşgan markazning Samarqand va Farğona viloyatlarida filiallari mavjud.
«Biz öz filiallarimiz har bir hududda bölişini istaymiz, albatta. Tuman va şahar hokimlari joy va jihozlar ta'minotini öz zimmalariga olişganda, biz mutaxassis yetkazib bergan bölardik. Şunda bizning xizmatlarimizga ehtiyoji bölgan çekka hududlar aholisini ham qamrab oliş osonlaşardi», – deydi markazning ilmiy işlar böyiça direktor örinbosari Lola Möminova.
Uning sözlariga köra, autist bolalarni imkoniyati çeklanganlar uçun ixtisoslaştirilgan boğça va maktablarga beriş notöğri. Bunda bola ruhiyatiga salbiy ta'sir körsatadigan muhitga tuşib qoladi va unda regressiya (orqaga ketiş) kuzatilişi mumkin.
«2 aprel — Butunjahon autizm muammosi haqida ma'lumotlarni tarqatiş kuni doirasida doimiy ravişda tadbirlar ötkaziş orqali autist bolalarga haqiqatdan autizm degan taşxis qöyilişiga erişdik. Yaqin 3-4 yilgaça bu taşxis qöyilmasdi. Umumiy aqli zaiflik deb berilardi yoki autizm bilan yondoş kelgan boşqa surunkali xastalik körsatilardi. Bu esa hisobotlarda notöğri körsatkiçlarning ketişiga olib kelgan. Öz-özidan davolanişga e'tibor ham yetarliça bölmagan, boladagi holat maktabga qabuldan oldingi tibbiy körik çoğida ayon bölgan», – deya qöşimça qildi mutaxassis.
Mutaxassisning sözlariga köra, Özbekistonda respublika psixonevrologiya dispanseri mavjud. Unda aynan bolalar tserebral falaji davolanadi. Autizm uçun ham şunga öxşaş majmuaviy xizmat körsatuvçi markaz bölsa, kerakli muolajalarning barçasini bir joyda oliş imkoniyati mavjud bölsa, bolani bu sindromdan çiqarib oliş imkoni bor. Keyinçalik ularni inklyuziv ta'lim asosida boğça va maktabda öqitiş orqali normal hayotga töla moslaştiriş mumkin.
Inklyuziv ta'lim nima?
Inklyuziv ta'lim imkoniyati çeklangan bolalarning öz soğlom tengdoşlari bilan birgalikda ta'lim olişini közda tutadi. Ya'ni, oddiy bolalar öqiydigan sinfga 2-3 nafar autist bola ham biriktirilgan böladi. Ularning öz tengqurlari bilan real muloqotda bölişi, ular bilan teng tahsil olişi va rivojlanişi maqsad qilinadi. Bunda ham bolaning ta'limdagi tenglik huquqi kafolatlanadi, ham nafaqat ota-ona, balki jamiyat iştirokini ta'minlagan holda bolani ijtimoiylaştiriş közda tutiladi.
«Nogironligi bölgan şaxslarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-5270-sonli Prezident Farmoni ijrosiga bağişlangan dasturda:
inklyuziv ta'lim samaradorligini kengaytiriş va tuşuntiriş;
nogironligi bölgan har bir bolaning inklyuziv ta'lim oliş huquqini röyobga çiqariş mexanizmlarini işlab çiqiş punktlari kiritilgan.
Inklyuziv ta'lim hozirgi kunda quyidagi maktabgaça ta'lim muassasalari va umumta'lim maktablarda joriy qilingan:
Urganç şahrida:
maktabgaça ta'lim muassasalari — №1, 27, 28;
umumta'lim maktablari — №8, 10, 22.
Termiz şahrida:
maktabgaça ta'lim muassasalari — № 3, 4, 14;
umumta'lim maktablari — № 3, 4, 10.
Samarqand şahrida:
maktabgaça ta'lim muassasalari — № 24, 76, 105;
umumta'lim maktablari — № 13, 17, 35, 45.
Namangan şahrida:
maktabgaça ta'lim muassasalari — № 32, 43, 68;
umumta'lim maktablari — № 5, 11, 28.
Toşkent şahrida:
maktabgaça ta'lim muassasalari — № 185, 226, 607;
umumta'lim maktablarida — № 34, 85, 324.
2018 yil holatiga köra, Respublika böyiça 9691ta umumta'lim maktabi va 5186ta maktabgaça ta'lim muassasasi mavjudligi inobatga olinganda, dasturda aytilganidek bunday ta'lim usuliga ehtiyoji mavjud bolalarning barçasi qamrab olinişi uçun hali imkoniyat töliq emasligi ma'lum böladi.
«Biz ta'limning qay tarzda olib borilişi böyiça dasturni işlab çiqqanmiz. Inklyuziv ta'limga asoslangan maktab har bir tumanda aqalli bitta bölişi kerak. Bu esa Xalq ta'limi hamda Maktabgaça ta'lim vazirliklariga boğliq masala bölib qolmoqda», – deydi Lola Möminova.
Maktabgaça ta'lim vazirligi bu masalaga javoban Xalq ta'limi vazirligi hamda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda respublikada inklyuziv ta'limni kengaytiriş yuzasidan imkoniyati çeklangan şaxslarning ta'lim oliş tizimini takomillaştiriş borasida Davlat dasturi işlab çiqilişi belgilanganini bildirdi.
Umumta'lim maktablarda bu tizimni joriy qiliş böyiça Xalq ta'limi vazirligi taqdim etgan ma'lumotga köra, yuqorida röyxati keltirilgan umumuta'lim maktablarida inklyuziv ta'lim asosida 605 nafarga yaqin alohida ehtiyojli bola tahsil olmoqda.
Bundan taşqari, «Ta'lim töğrisida»gi qonunning yangi tahriri loyihasida bolalarni inklyuziv tarzda öqitişni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş masalasi kiritilgan.
RBIMM direktor örinbosari bergan ma'lumotlarga qaraganda, Prezident Farmoni asosidagi dasturda nogironligi bölgan va psixofizik buzilişlarga ega bolalarni davlat maktabgaça ta'lim muassasalariga 2 yoşdan boşlab qabul qiliş belgilangan bölsa-da, hali bunday bolalar 3 yoşdan boğçaga olinmoqda. «Autist bolalar bilan uzluksiz şuğullaniş va buni juda erta boşlaş kerak. Boy berilayotgan har bir kun katta ahamiyatga ega», deya ta'kidlaydi u.
Xorij tajribasi
Qozoğistonda autist bolalarni normal ijtimoiy hayotga qaytariş uçun «Autizm pobedim» markazi ota-onalarning taşabbusi bilan taşkil etilgan bölib, u markaziy banklardan biri tomonidan moliyalaştiriladi.
Şuningdek, Qozoğistonda har bir hududda tibbiyot muassasalari qoşida psixologo-pedagogik kabinet mavjud. U yerda şifokor, oligofrenopedagog, surdopedagog, logoped mutaxassislari jamlangan bölib, ular autist bolalarga majmuaviy tarzda kerakli yordamni körsatişadi.
Rossiyada ham autizmga qarşi kuraş böyiça umumiy hisobda 22ta taşkilot, markaz va fondlar faoliyat yuritadi.
Aniq körsatkiç mavjud emas
Autizm taşxisi qöyilgan bolalarning umumiy sonini aniqlaş davomida Soğliqni saqlaş vazirligi bunday ma'lumot RBIMMda bölişi kerakligi, bu bilan ular şuğullanişini ma'lum qildi.
Markazga murojaat qilinganda esa bunday statistik ma'lumot sohaning yetakçi taşkiloti sifatida vazirlikda bölişi kerakligini ta'kidlaşdi.
Şunga qaramay, markaz rahbariyati bir yil davomida taxminan 200 nafar bola ularning muolaja kurslariga qatnagani haqidagi axborotni taqdim etdi.
«Xususiy markazlar yaxşi, lekin...»
«Farzandimni Qozoğistondagi autist bolalar markazi mutaxassislariga körsatganimda, bolani bu holatdan çiqarib oliş mumkin, faqatgina muntazam ravişda şuğlullaniş kerak, deyişdi. Ularda 3 yil intensiv şuğullaniş natijasida bolada keskin ijobiy özgarişlar kuzatilgan holatlar köp qayd etilar ekan», deydi farzandiga autizm taşxisi qöyilgan Ikrom Hojiyev.
Özining alohida ehtiyojli farzandi uçun çora qidirayotgan 70ga yaqin ota-ona bilan suhbatlaşib körilganda, ularning asosiy istaklari, davolaniş bilan boğliq duç kelayotgan muammolari muştarak ekanligi oydinlaşdi. Aksariyat ota-onalar öz ism-şariflarini ma'lum qilişni istamaganliklari uçun ularning fikr-mulohazalarni umumiy tarzda bayon qilamiz:
aynan autizm bilan oğrigan bolalarni reabilitatsiya qilişga möljallangan markaz, muassasa mavjud emas;
ayni vaqtda ota-onalarga yordami tegayotgan markaz faqat RBIMM, undagi şaroitlar qoniqarli, lekin muolaja uçun navbatning yilda bir marta kelişi, muolajalar kursining juda qisqa — 21 kun ekanligi davolaniş sifatiga ta'sir körsatadi;
xususiy markazlar bor. Ularda sifat yaxşi, lekin xizmatlar ançagina qimmat (muolaja, dori vositalari, logoped va psixolog bilan maşğulotlar — barçasiga bir oyda örtaça 3-3.5 mln söm sarflanadi);
hozirda mavjud şaroitlar ham faqatgina poytaxtda, viloyatlardan Toşkentga kelib davolaniş noqulayliklar keltirib çiqaradi;
autizm haqida aholida töğri tasavvurning mavjud emasligi jamoat joylarida harakatlaniş öziga xos bolalar va ularning ota-onalari uçun ziddiyatli holatga aylangan;
köpçilikda autizm taşxisi öz vaqtida qöyilmagan, bu esa davolanişning keçikişiga olib kelgan;
davolaniş masalasining muammoli tus olayotgani oilalarda tuşunmovçilik, moliyaviy qiyinçilik, ba'zida esa ajrimga sabab bölmoqda.
Körinib turibdiki, autizm bilan kuraş borasida oçiq qolayotgan masalalar köp va ular operativ yeçim hamda real harakatlarni taqozo etadi.