Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank davlat qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish bo‘yicha auksion natijalarini e'lon qildi
Foto: Markaziy bank
Joriy yilning 26 dekabr kuni Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda O‘RVBda muomala davri 6 oy bo‘lgan (diskontli) umumiy hajmi 200 mlrd.so‘mlik 200 ming dona davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish bo‘yicha auksion o‘tkazildi.
Markaziy bank xabariga ko‘ra, auksionda 10ta diler ishtirok etib, ular tomonidan 223 mlrd.so‘m hajmida 239 270 dona raqobatli buyurtmanomalar taklif etildi.
Auktsion davomida 184,1 mlrd so‘m miqdoridagi 197 100 dona qimmatli qog‘ozlar joylashtirildi.
Qimmatli qog‘ozlarning o‘rtacha tortilgan daromadliligi yillik 14,1 foizni tashkil etdi, bunda minimal daromadlik darajasi - 13,7 foizni va chegirish narx bo‘yicha maksimal daromadlilik darajasi - 15,1 foizni tashkil etdi.
Mavzuga oid
20:45 / 16.04.2026
To‘rt oy oldin sotilgan Qurilish vazirligi binosi yana qayta auksionga qo‘yildi
15:42 / 05.02.2026
Yer auksioni bo‘yicha qalbaki hujjat tayyorlagan shaxs ushlandi
14:27 / 23.12.2025
«Samarador» MChJ Transport vazirligi binosini sotib oldi
07:58 / 18.12.2025