Nihoyat 2019 yil uchun asosiy soliq parametrlari rasman e'lon qilindi va tabiiyki, nafaqat soliq tizimidagi xodimlar yoki hisobchilar, balki eng pastki qatlamdagi yakka tadbirkorlar uchun ham muhim o‘zgarishlar kutilmoqda.

Yangi soliq stavkalari, asosiy shartlar va majburiyatlar haqida to‘liq ma'lumotlarni topishingiz mumkin, bu yerda esa, shu paytgacha aksariyat iqtisodiy sub'yektlar uchun begona, endi esa, tushunarsiz bo‘lib qolayotgan QQS haqida qisqacha ma'lumot beramiz.

QQS nima o‘zi?

O‘z nomi bilan - «qo‘shilgan qiymat solig‘i», ya'ni ma'lum tayyor mahsulot uchun qiymat yaratadigan har bir sub'yekt o‘zi qo‘shgan qiymati miqdoridangina soliq to‘laydi.

Misol uchun. Bolalar kiyimi ishlab chiqariladigan bir tizimda faoliyat ko‘rsatadigan barcha tadbirkorlar QQS emas, «Yagona soliq», ya'ni tovar aylanmasidan soliq to‘laydi, deb tasavvur qilaylik. Ip yigiruvchi korxona 800 so‘mlik ip ishlab chiqaradi, undan ipni sotib olib, mato to‘qiydigan korxona mato narxini 1200 so‘m deb belgilaydi. Matoni olib, boshqa korxona undan kiyim tikadi va 1500 so‘mga ulgurji savdo firmasiga sotadi. Ulgurji savdo bilan shug‘ullanayotgan korxona tovarni 1800 so‘mdan chakana savdo shoxobchalariga sotadi. Magazin o‘zining foydasini qo‘yib, aytaylik 2000 so‘mdan bolalar kiyimini xaridorga sotadi.

Endi bu korxonalarning har biri yagona soliq to‘lovchisiligini inobatga olsak, (800+1200+1500+1800+2000 = 7 300) umumiy tovar aylanmasi 7300 so‘mni tashkil qilib, undan to‘lanadigan Yagona soliq 5 foiz, ya'ni, 365 so‘mni tashkil qiladi. Gap faqat yakuniy summada emas, e'tibor bergan bo‘lsangiz, dastlabki korxona ishlab chiqargan ip narxi keyingi hosil bo‘lgan har bir mahsulotning ichida o‘tiribdi va aslida, o‘sha 800 so‘mlik ip qiymatidan 5 marta 5 foizlik Yagona soliq olinyapti. Ip yigiruvchi korxona, mato tuquvchi, kiyim tikuvchi va savdo korxonalarining har biri «ipning qiymati» uchun ham 5 foiz soliq to‘lashmoqda. O‘z o‘zidan bu soliqlar yakunda xaridorning gardaniga tushadi.

«Qo‘shilgan qiymat solig‘i» esa, sub'yektlarning faqat o‘zi qo‘shgan qiymati miqdoridan soliq hisoblashni taqozo qiladi. Bu yerda QQSning 20 foiz stavkada bo‘lishi vahimaga solmasligi kerak. Yuqoridagi misoldan kelib chiqsak, ip yigiruvchi korxona 800 so‘mdan, mato to‘quvchi korxona esa, o‘zi qo‘shgan qiymat, ya'ni, 400 so‘mdan, kiyim tikuvchi korxona 300 so‘mdan, misolimizdagi savdo korxonalari esa, 200 so‘mdan soliq hisoblaydilar. Umumiy hisoblaganda, o‘sha 2000 so‘mdan sotilgan bolalar kiyimidan 330 so‘m, balki undan kamroq soliq chiqadi. Ya'ni, foiz ko‘rinishida katta ko‘ringani bilan, soliq miqdori hatto