Norasmiy bandlik va iş haqini «konvertda tölaş» orqali soliqdan qoçişga uriniş sababli 6,3 mingta obekt hisobotlarida ularning 0 yoki 1 nafar işçi bilan qurib bitkazilgani körsatilgan. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi tomonidan quriliş sohasi vakillari bilan taşkil etilgan oçiq muloqotda ma’lum qilingan.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, quriliş sohasida kuzatilmaydigan iqtisodiyotning hajmi 97 trln sömga (41 foiz) baholangan. Yaşirilgan soliqlar 1,2 trln sömni, talon-toroj qilingan mablağlar esa 203 mlrd sömni taşkil etadi.

2024 yil holatiga köra, mamlakatda quriliş taşkilotlari soni 2023 yildagi 33 mingtadan 28 mingtagaça, tovar aylanmasi 177 trln sömdan 169 trln sömgaça kamaygan. 2024 yil yakunlariga köra, quriliş taşkilotlari işçilari soni 294 ming, sohada norasmiy bandlar esa 322 ming nafarni (2023 yilda 345,3 ming) taşkil etgan.

Quriliş sohasiga soliq yuki 4,5 foizgaça (2023 yilda — 4 foiz), öz navbatida, soliq tuşumlari 8 trln sömgaça (7 trln söm) oşgan. Sohaga jami 3,2 mlrd sömlik soliq hamda bojxona imtiyozlari ajratilgan. Qurilişga ajratilgan budjet mablağlari hajmi 17,7 trln sömdan 21,4 trln sömga yetgan, qurilgan obektlar soni 1695 tadan 1881 taga köpaygan.

Turar joylarni realizatsiya qiliş böyiça holat umumiy fonda yaxşilanganiga qaramay, turar joy narxini kvadrat metri uçun 5 mln sömdan kam miqdorda rasmiylaştiriş holatlari ortgan. Xususan, 2023 yilda 93 foiz holatda (48,5 mingta) uy-joy uçun bitimlar 1 kvadrat metri uçun 8 mln sömdan past, atigi 1 foiz holatda (206 ta) 10 mln sömdan yuqori narxga rasmiylaştirilgan. 2024 yilda realizatsiya qiliş narxi 1 kvadrat metr uçun 8 mln sömdan ortiqni taşkil etgan holatlar 17 foizgaça oşgan. Şu bilan bir paytda, bir kvadrat metr uçun 5 mln sömgaça bölgan narxda bitim tuziş holatlari 24 724 tagaça yetgan (2023 yilda 23 142 ta).

914 ta obekt qurilişida işlar hajmi kamaytirib körsatilgani sababli 243 mlrd söm mablağ budjetga tuşmagan, öz muddatida qurilgan 1,5 mingta obekt hisobga qöyilmagani sababli 200 mlrd söm mol-mulk va yer soliği hisoblanmagan.

Turar joylarning oldi-sotdisida qiymatni pasaytirib körsatiş oqibatida 126 ming kvadrat metr uy-joy (10 mingta xonadon) har kvadrat metri uçun atigi 1,2 mln sömdan ($100 dan kam) rasmiylaştirilgan. Oqibatda ana şunday uy-joylardan 1,9 trln söm soliq tuşumi ta’minlanmagan.