Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya hukumati urush xarajatlari tufayli soliqlarni oshirishni muhokama qilyapti
Rossiya hukumati harbiy xarajatlar tufayli ortib borayotgan budjet tafovutini yopish yo‘lini qidirmoqda. QQS stavkasini 20 foizdan 22 foizga oshirish - ehtimoliy variant.
Foto: Getty Images
Harbiy xarajatlar tufayli budjet taqchilligi oshib borayotgan bir paytda Rossiya hukumati soliqlarni oshirish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda The Bell surishtiruv nashri xabar berdi. Nashr suhbatdoshlarining fikricha, ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlarni istisno qilgan holda qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)ni 20 foizdan 22 foizga oshirish ehtimoliy variantlardan biridir.
Hozircha yakuniy qaror yo‘q, biroq manbalarga ko‘ra, soliqlarni oshirishning muqobil variantlari ko‘rib chiqilmayapti, aks holda budjetdagi teshikni yopib bo‘lmaydi. Masala yaqin orada hal qilinishi kerak: sentabr oyi oxirida hukumat an’anaviy tarzda Davlat dumasiga kelgusi yil uchun budjet loyihasini taqdim etadi. «Soliqlar albatta oshiriladi», dedi The Bell'ning Kreml va hukumatga yaqin manbasi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muhokamalar yakuniy bosqichda: «budjet allaqachon tasdiqlanishi kerak».
Jarayon bilan tanish bo‘lgan uch rasmiy The Bell nashriga gap QQSni oshirish haqida ketayotganini va ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlarga istisnolar qo‘llanishi mumkinligini tasdiqladi. Ulardan biri bu ko‘rsatkichni 20 foizdan 22 foizgacha deb atagan.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025