O‘zbekiston | 21:50 / 27.12.2018
12211
2 daqiqa o‘qiladi

Yer uchastkalarining olib qo‘yilishi oqibatida yetkazilgan zararlar markazlashtirilgan jamg‘arma orqali qoplanadi

Vazirlar Mahkamasining davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armasi tashkil etildi. 

Bu haqda “Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarorida ma'lum qilingan.

Qarorga ilova qilingan nizomga ko‘ra, respublika jamg‘armasi va hududiy jamg‘armalar jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplashni moliyalashtirish maqsadida tashkil etiladi.

Respublika jamg‘armasi va hududiy jamg‘armalar mablag‘laridan quyidagilar uchun foydalaniladi:

respublika jamg‘armasi mablag‘lari - faqat O‘zbekiston prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan dasturlar, topshiriqlar asosida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni koplash;

hududiy jamg‘armalar mablag‘lari - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tashabbusi bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni koplash.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid