Jahon | 10:56 / 28.12.2018
7308
1 daqiqa o‘qiladi

Argentina sobiq prezidentining xonadonidan 4 mln dollarlik qimmatbaho san'at asarlari topildi

Foto: AP

Argentina politsiyasi senator va sobiq prezident Kristina Fernandes de Kirshnerning Buenos-Ayresdagi xonadonidan korrupsiya ishi bo‘yicha tergov doirasida 31ta kartinani musodara qildi. Bu haqda Infobae portali xabar berdi. 
Ma'lumot berilishicha, ularning umumiy qiymati 4 mln dollarni tashkil etadi. Tezkor tadbir ikki soatga yaqin davom etgan.

Pora olish bo‘yicha tergov ishlari rejalashtirish bo‘yicha vazir o‘rinbosari Roberto Barrataning haydovchisining sobiq xotini turmush o‘rtog‘ining pul to‘la sumka tashiganini ko‘rganini aytganidan so‘ng boshlangandi. Ayblovga ko‘ra, bu pullar qurilish va energetika kompaniyalaridan olingan pora hisoblanadi. Haydovchining uyidagi tintuv vaqtida uning qayerlarga borgani ro‘yxat qilingan daftar topilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid