O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyani faqat bir marta mag‘lub etgan
O‘zbekiston terma jamoasi 2019 yilning yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi musobaqasida Ummon, Turkmaniston va Yaponiya bilan bir guruhdan joy olgan.
O‘FA sayti Yaponiya terma jamoasiga qarshi o‘yinlar statistikasini taqdim qildi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yaponiyaga qarshi jami 10ta o‘yin o‘tkazgan. Shulardan 1ta o‘yinda g‘alaba qozongan, 3ta o‘yin durang bilan tugagan, 6ta o‘yinda yutqazgan, to‘plar nisbati 9-28.
Tarixdagi yagona g‘alabani 2012 yil 29 fevral kuni qo‘lga kiritganmiz. O‘shanda Aleksandr Shadrin tomonidan urilgan gol vakillarimizga g‘alaba taqdim qilgandi.
11.09.1996 Yaponiya - O‘zbekiston 1:0
09.12.1996 Yaponiya - O‘zbekiston 4:0
07.09.1997 Yaponiya - O‘zbekiston 6:3
11.10.1997 O‘zbekiston - Yaponiya 1:1
17.10.2000 Yaponiya - O‘zbekiston 8:1
15.10.2008 Yaponiya - O‘zbekiston 1:1
06.06.2009 O‘zbekiston - Yaponiya 0:1
06.09.2011 O‘zbekiston - Yaponiya 1:1
29.02.2012 Yaponiya - O‘zbekiston 0:1
31.03.2015 Yaponiya - O‘zbekiston 5:1
Yaponiya ayni paytda FIFA reytingida 50-o‘rinda bormoqda. OFK reytingida esa 3-pog‘onani egallab turibdi. «Ko‘k samuraylar» Osiyo Kuboklarida hammadan ko‘p jami 4 marta g‘alaba qozonishgan (1992, 2000, 2004 va 2011 yillar). Jami 8 marta Osiyo Kubogida ishtirok etib, 41ta o‘yin o‘tkazishgan. Shulardan 24tasida g‘alaba qozonib, 12ta o‘yinda durang qayd etishgan va atigi 5ta o‘yinda mag‘lub bo‘lishgan.
Mavzuga oid
18:15 / 24.10.2024
FIFA reytingi. O‘zbekiston so‘nggi 8 yildagi eng yaxshi natijasini qayd etdi
16:51 / 16.10.2024
O‘zbekistonning JCh-2026ga borish imkoniyati keskin oshdi – We Global Football
21:06 / 15.10.2024
JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston 10 kishi qolgan BAAni penaltidan kiritilgan gol evaziga mag‘lub etdi
14:53 / 15.10.2024